Un yo‘qligi sabab non narxi ko‘tarildi

Olam

image

Turkmanistonning Lebap viloyati ma’muriy markazi - Turkmanobod shahrida 1 sentyabr kuni mahalliy ishlab chiqarilgan un sotuvdan g‘oyib bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Turkmen.news”

Unning sotuvdan olinishining  asosiy sabablari hanuzgacha noma’lum, ammo bu non narxining ikki baravar ko‘tarilishiga olib keldi: masalan, ilgari bozorda va xususiy do‘konlarda eng arzon pirojniylarning narxi 2-3 manat bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning narxi 4-5 manat.

Davlat do‘konlarida ko‘plab non sotuvlari kuzatilmoqda, uning narxi avvalgi darajasida - 0,60 manat bo‘lib qoldi, ammo bugunga kelib yetkazib berish odatdagidan kam  va non hamma uchun yetarli emas.

Mahalliy aholining aytishicha, un Afg‘onistonga gumanitar yordam sifatida yoki u yerga sotilishi uchun yuborilgan.
Shaharda dollar ham keskin ko‘tarilgan: agar hafta oxirida AQSH valyutasi 17,3 manat bo‘lgan bo‘lsa, 1 sentyabr kuni u allaqachon 18.1ga yetdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston non

Baholaganlar

125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing