18 yoshga kirmaganlar qilmasligi kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxati chiqdi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan ishlar ro‘yxati shakllantirildi. Unga o‘n sakkizga to‘lmaganlarning mehnatidan foydalanish taqiqlangan og‘ir, zararli hamda xavfli mehnat sharoitlaridagi ish turlari kiritilgan. Kecha, 14 iyul kuni qabul qilingan Hukumat qaroriga ko‘ra, ro‘yxatga quyidagilar kiradi:

  • Ko‘mirni boyitish apparatchisi;
  • Qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi;
  • Yer osti kon ishchisi;
  • Tarkibida olmos bo‘lgan konsentratlarni me’yoriga yetkazuvchi;
  • Qora metallar ishlab chiqarish nazoratchisi;
  • Olmoslar va o‘ta qattiq materiallarni silliqlovchi;
  • Issiqlik tarmog‘idagi uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha chilangar;
  • Neft va gaz qazib olish bo‘yicha operator;
  • Gaz taqsimlash stansiyasi operatori;
  • Tibbiy preparatlarni dozalovchi;
  • Tibbiy mahsulotlarni taxlovchi;
  • Yuqori chastotali tok qurilmalarida payvandchi;
  • Gipsni qizdiruvchi;
  • Asfaltbetonchi;
  • Novvoy;
  • Xamir qoruvchi;
  • Go‘sht mahsulotlarini kesuvchi;
  • Muzqaymoq tayyorlovchi;
  • Naqqosh;
  • Yo‘lovchi tashuvchi poyezd mexanigi-brigadiri;
  • Tez tibbiy yordam stansiyalarining navbatchi tibbiyot xodimi.

Maqola muallifi

Teglar

ish ro'yxat O'n sakkizga kirmaganlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing