Umurzoqov Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Sardor O‘ktamovich Umurzoqov Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan Sardor Umurzoqov O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilgani ma’lum qilingandi. 

Sardor Umurzoqov Administratsiya rahbari lavozimiga 2022 yilning 16 iyul kuni Prezident farmoni bilan tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Sardor Umurzoqov maslahatchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing