Umurzoqov maishatboz hokimlarni tilga oldi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligida tanqidiy yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Unda Umurzoqov oyog‘i yerdan uzilgan rahbarlar va maishatboz hokimlarni tanqid qildi. 

“O‘rganishlar natijasi va bizga turli manbalardan yetib kelgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim vazirlar va hokimlarning oyog‘i yerdan uzilib qolgan.

Ba’zi viloyat, tuman va shahar hokimlari, vazirlik yoki idoralarning mas’ul rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketganlar”, deydi Administratsiya rahbari.

Uning qayd etishicha, bugungi zamonda hech bir mutasaddining yurish-turishi nazardan chetda qolmaydi.

“Bunday xunuk holatlarni faqat biz emas, butun xalqimiz, keng jamoatchilik ko‘rib-bilib turibdi. Jamiyat uyg‘ongan, jamoatchilik nazorati kuchaygan bugungi zamonda hech bir mutasaddining yurish-turishi nazardan chetda qolmaydi.

Hurmatli Prezidentimiz yuksak ishonch bildirib aytgan “Hokimlar mening vakilim” degan so‘zlarini suiiste’mol qilib, bunday sharafli mas’uliyatni unutgan hokimlarni, xalqni aldash, maishatbozlik qilish, islohotlarga bepisand qarash bilan kun o‘tkazayotgan mas’ul shaxslarni kim deb atash mumkin?”, deydi Umurzoqov.


Maqola muallifi

Teglar

Sardor Umurzoqov

Baholaganlar

1161

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing