Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilgani rasman tasdiqlandi
Jamiyat
−
17 avgust 2023
12768O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi hamda Administratsiyaning tuzilmasiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi”, deb yozdi Asadov o‘zining Telegram sahifasida.
Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimida 2022 yilning 16 iyuldan boshlab Sardor Umurzoqov ishlab kelayotgan edi. 2016 yildan 2022 yilning yozigacha ushbu kursini Zaynilobiddin Nizomiddinov egallagan.
Sardor Umurzoqov Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimidan davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmon asosida ozod etilib, Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
LiveBarchasi