Umurzoqov BAA vitse-prezidenti bilan uchrashib, “EXPO 2020 DUBAI”ga bordi

Jamiyat

image

Dubay shahrida “EXPO 2020 DUBAI” Butunjahon ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Milliy pavilonida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida BAA tomoni O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha sohalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda erishayotgan muvaffaqiyatlarga alohida urg‘u bergan. BAA Bosh vaziri O‘zbekistonning “EXPO 2020 DUBAI” ko‘rgazmasidagi milliy pavilon bilan ishtirokiga yuqori baho berar ekan, ushbu tadbirni xalqaro maydonda O‘zbekiston imidjini mustahkamlashdagi muhim qadam sifatida qayd etgan.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishda ishga solinmagan salmoqli salohiyat mavjudligi alohida ta’kidlandi. Tomonlar siyosiy, investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik kun tartibini boyitish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Energetika, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma va sog‘liqni saqlash kabi sohalarda loyihalar amalga oshirilishini jadallashtirish, qo‘shma investitsiya portfelini kengaytirish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga kelishildi.

Ikki tomonlama hamkorlik kun tartibida tomonlar BAA hukumat ishlari vazirligi ko‘magida davlat boshqaruvini takomillashtirish dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini ta’kidladilar. “Yosh liderlar dasturi”ning ishga tushirilishi ushbu sohadagi hamkorlikni kengaytirish borasidagi yangi qadam sifatida yuqori baholandi”, deyiladi Umurzoqovning Axborot xizmati tarqatgan xabarda.

Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki mamlakatning o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada izchil mustahkamlashga sodiqligi bildirilgan va birgalikda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olingan. 

Uchrashuvda BAA tomoni uchun O‘zbekiston ekspozitsiyasi bo‘ylab tur tashkil etilgan, unda O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi multimedia shaklida taqdim qilingan. 


Maqola muallifi

Teglar

BAA Sardor Umurzoqov

Baholaganlar

72

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing