Umurzoqov Afg‘onistonga bordi va 21 yildan beri “qora ro‘yxat”dagi shaxs bilan uchrashdi
Jamiyat
−
23 fevral 2022
19322O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Qobulda Afg‘oniston Muvaqqat hukumati rahbari vazifasini bajaruvchi Mulla Muhammad Hasan Oxund bilan O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda “Termiz - Mozori-Sharif - Qobul – Peshovar” trans-afg‘on temir yo‘lini qurish loyihasi, shuningdek, “Surxon - Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini o‘tkazish loyihasini amalga oshirishga ko‘maklashish borasidagi navbatdagi tadbirlarga alohida e’tibor qaratilgan.
“Afg‘oniston tomoni ushbu yo‘nalishda hamkorlikni davom ettirishga va loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi”, deyilgan Investitsiya va tashqi savdo vazirligi xabarida.
Shuningdek, Mozori Sharif shahridagi xalqaro aeroport faoliyatini tiklash doirasida amalga oshirilgan ishlar uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zbek-afg‘on hamkorligini yanada chuqurlashtirish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etishni jadallashtirish maqsadida muloqotni rivojlantirishga kelishib olgan.
Ma’lumot uchun, Mulla Muhammad Hasan Oxund 2001 yilda BMTning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan va hamon chiqarilmagan.