Umumta’lim maktablarida konspekt yuritish bekor qilindi
Jamiyat
−
02 iyul 2020
10776O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilarining yillik taqvim-mavzuiy reja hamda konspekt yuritishi bekor qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarorda belgilandi.
Qarorga muvofiq, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari tomonidan yillik taqvim-mavzuiy reja hamda kundalik dars ishlanmalari (konspekt)ni yuritish bekor qilindi.
Maktab o‘qituvchilari tomonidan sinf jurnali elektron tizim orqali ham yuritilishi mumkinligi belgilandi.
LiveBarchasi