Umraga ketib, ko‘chada qolib ketgan 580 o‘zbekistonlik ortga qaytarildi
3-sahifa
−
25 aprel 9076 2 daqiqa
Saudiya Arabistoniga noqonuniy yo‘llar bilan umra safariga ketgan va ko‘chada och-nahor qolib ketgan 580 nafar o‘zbekistonlik charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayrim turfirmalar o‘z zimmasiga olgan vazifalarni bajarmagani sababli ko‘plab fuqarolar Saudiya Arabistonida og‘ir holatga tushib qolgan. 2025 yilning dastlabki uch oyida O‘zbekiston hududida ayrim fuqarolar tomonidan turistik kompaniya niqobi ostida hech qanday litsenziyasiz umra safarlarini tashkil qilish holatlari aniqlangan. Ushbu holatlar yuzasidan 34 ta jinoyat ishi ochilgan. Mazkur jinoyatlar doirasida 46 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.
53 ta turistik xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yilgan.
Oxirgi paytlarda Haj yoki umra ziyorati uchun o‘zbekistonliklarga o‘z xizmatlarini taklif qilayotgan, ammo noqonuniy, litsenziyasiz faoliyat yuritayotgan turfirmalar ko‘payib bormoqda. Ularning “tuzog‘i”ga tushib, aldanib qolayotganlar ham kam emas. Xususan, 2025 yilning yanvar oyida bir necha viloyatlarda o‘tkazilgan maxsus tadbirlarda noqonuniy tarzda “Umra” tadbirlarini tashkil etib kelgan turfirmalarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilgandi. Joriy yilning aprel oyida esa Samarqand shahrida umra safariga yuborishga vakolati bo‘lmasa-da, 2 kishini aldab ulardan umra safari uchun 3300 dollar olayotgan shaxs qo‘lga tushgandi. Farg‘ona shahrida esa umra safariga jo‘natishga vakolati bo‘lmagan shaxs aka-singildan 1100 dollar olayotganda ushlangandi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr