Umra safariga reyslar soni oshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonliklarni muqaddas Umra ziyoratiga yuborish bo‘yicha “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bilan hamkorlikda har kuni 3 tadan reysni yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar bermoqda.  

Ma’lumki, Umra safari bo‘yicha mavjud kvota batamom olib tashlangan. 2019 yil 10 dekabr kunidan e’tiboran har kuni 2 tadan reys yo‘lga qo‘yilgandi. Har kuni qariyb 500 ga yaqin o‘zbekistonliklar Umra ziyoratiga jo‘nab ketmoqda.

“So‘nggi bir yildan oshiqroq vaqt ichida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublikamiz hududlarida umra navbatlarining sezilarli darajada kamayishiga erishildi. Misol uchun, 2019 yil 14 noyabrdan bugungi kungacha 21 mingdan ortiq yurtdoshimiz Umra ibodatlarini ado etib qaytdilar. 

Yana bir ma’lumot – hozirda har kuni 3 tadan reys yo‘lga qo‘yish masalasi bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Bunda har kuni 700 dan ortiq yurtdoshimizni umraga jo‘natish ko‘zda tutilgan”, deyiladi qo‘mita xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Umra ziyorati

Baholaganlar

150

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing