Umra aviaqatnovlari bittadan ikkitaga ko‘paytirildi

Jamiyat

image

Bugun, 10 dekabrdan e’tiboran Saudiya Arabistoniga “Umra” aviaqatnovlarini bir kunda ikki martadan amalga oshirish boshlandi. Bu haqda “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi ma’lum qilmoqda. 

Bugunga qadar umra havo qatnovlari bir kunda bir mahal edi. Joriy yil 14 noyabrdan boshlab Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Umra ziyoratining navbatdagi mavsumi uchun har kuni bittadan aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgan edi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning qayd etishicha, ziyoratchilar belgilangan reja asosida tajribali ellikboshilar boshchiligida Madinai Munavvaradagi Uhud tog‘i, Qubo masjidi va boshqa mo‘’tabar qadamjolarga ziyoratlar uyushtirmoqdalar. Tashrif davomida guruh rahbarlari tomonidan mazkur joylar tarixi, islom olamida tutgan o‘rni haqida ma’ruzalar qilinmoqda. 

Hozirda Madinai Munavvara va Makkai Mukarrama shaharlarida 2542 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchilar o‘z ibodatlarini ado etmoqdalar. Ularga o‘zbekistonlik 9 nafar shifokor, 5 nafar ishchi guruhi va malakali imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari tunu kun xizmat qilmoqda.

Bugunga kelib, 6220 ta o‘zbekistonlik Umra ziyoratiga jo‘nab ketgan bo‘lsa, shulardan 3673 nafari o‘z ibodatlarini mukammal ado etib O‘zbekistonga sog‘-salomat qaytib keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Din ishlari bo'yicha qo'mita

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing