Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazining ustavi tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazining ustavi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Unga muvofiq, Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

•    mahsulotlar nomenklaturasi va turlari to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga axborot berish;

•    ishlab chiqarish quvvatlari, tovarlarga bo‘lgan talab va taklifning hajmlari, narxlarning o‘zgarishi haqida ma’lumotlarni shakllantirish;

•    tovar bozorlaridagi narxlar, talab va takliflarning o‘zgarishi dinamikasini tahlil va monitoring qilish.

Ustav bilan Markazning huquq va majburiyatlari belgilandi.

Shunga muvofiq, Markaz maslahat, axborot va boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi, o‘z filiallarini tashkil etadi.

Markazga iqtisodiyot va sanoat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

ustav eksport

Baholaganlar

2

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing