Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti etib saylandi

Sport

image

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti etib saylandi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar berdi.

Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya kengashining 38-Bosh Assambleyasi (OOK) bo‘lib o‘tmoqda. Bosh Assambleya davomida 2019-2022 yillar uchun tashkilot rahbariyatiga, Ijroiya Qo‘mitasi va doimiy komissiyasiga a’zolar saylandi.

Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidentligi lavozimiga Markaziy Osiyo mintaqasidan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovning ham nomzodi ilgari surildi. Saylovda ishtirok etganlar bir ovozdan Umid Ahmadjonov nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi va shu tariqa u Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti bo‘ldi.

"Menga ishonch bildirib, ovoz berganingiz uchun rahmat aytaman. Ushbu ishonch menga g‘urur bag‘ishlaydi, shu bilan birga bu katta mas’uliyat hamdir. Men ushbu lavozimda nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlarini himoya qilaman. Asosiy maqsadim XOQ Ijroiya Qo‘mitasi a’zolari safidan o‘rin olishdir. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tarkibiga kirish uchun bor kuchimni ishga solaman", dedi Umid Ahmadjonov.

Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov shuningdek Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi prezidenti ham hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya kengashi

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing