Umid Ahmadjonov OEAA prezidentini qabul qildi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, 24 mart kuni Toshkentda yengil atletika oilasiga mansub yarim marafon bo‘lib o‘tdi. Birinchi bor tashkil qilingan bo‘lsa-da, ushbu yirik sport tadbirida 28 mamlakatdan 1700 ga yaqin atletlar o‘z omadini sinab ko‘rdi.

O‘zbek yengil atletikachilari Osiyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan sportchilardir. So‘nggi Olimpiadada ham O‘zbekiston delegatsiyasi aynan yengil atletika yo‘nalishida eng ko‘p litsenziya qo‘lga kiritgan edi. Mamlakatda ushbu sport turini yanada rivojlantirish va xalqaro tashkilot bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatish yuzasidan O‘zbekiston MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov kecha, 24 mart kuni Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi (OEAA) prezidenti Daxlan Al-Hamadni qabul qildi. Bu haqida MOQ Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Muzokara davomida Umid Ahmadjonov O‘zbekistonda yengil atletika sportini yanada rivojlantirish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi. Shundan so‘ng OEAA prezidenti Daxlan Al-Hamad Toshkentda o‘tkazilgan marafon haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.

“Avvalo, O‘zbekistonni islom va sport mamlakati deb bilaman. Shu bois ham yurtingizga tashrif men uchun faxr. Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan marafonni kuzatib, undagi iliqlikni, ishtirokchilardagi sportga bo‘lgan mehrni ko‘rib quvondim. O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Osiyoda o‘z o‘rni va mavqeyiga ega. Ayniqsa, Andrey Abduvaliyevni yaxshi bilaman. Uning tajribasi haqiqatda ham ulkan. Umid qilamanki, o‘zbekistonlik yengil atletikachilar bu yil bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati va Tokio Olimpiadasida munosib ishtirok eta oladi”, dedi Daxlan Al-Hamad.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov martabali mehmonga O‘zbekiston yengil atletikaning turli musobaqalari, seminarlari va Kongresslarini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyor ekanligini ta’kidlab, joriy yilning sentyabr oyida o‘tadigan dunyo birinchiligidan so‘ng Samarqand va Buxoroda xalqaro seminarga mezbonlik qilish taklifini ilgari surdi.


Maqola muallifi

Teglar

Umid Ahmadjonov Daxlan Al-Hamad

Baholaganlar

2

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing