Umar Kremlev Rossiyada eng yaxshi sport rahbari bo‘ldi
Sport
−
11 yanvar 2024
4340Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlev Rossiyaning eng yaxshi sport rahbari sovrini uchun ovoz berishda g‘alaba qozondi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ovoz berish jarayonlarida faqatgina Rossiya fuqarolari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan.
Qizg‘in kechgan qarama-qarshilikda Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti taniqli murabbiy, hozirda Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi rahbari Irina Vinnerni ortda qoldirdi. Kremlev ovoz berish jarayonlarida 26,2 foiz ovoz oldi. Reytingda 3-o‘rinni Rossiya Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Pavel Rojkov egalladi.
Qayd etish joiz, Umar Kremlev turli mamlakatlar va qit’alarning boks federatsiyalarini birlashtirishga qaratilgan xalqaro faoliyati, shuningdek, Rossiya sportidagi faol ta’lim va xayriya ishlari bilan mashhur.
LiveBarchasi