O‘zbekiston IBA'ni tark etmadi
Sport
−
10:17
2824Yaqindagina World Boxing tashkilotiga a’zo bo‘lgan O‘zbekiston boks federatsiyasi Xalqaro boks assotsiatsiyasini (IBA) tark etmadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Garchi World Boxing tashkiloti a’zoligini qabul qilgan bo‘lsa ham, o‘zbekistonlik bokschilar IBA turnirlarida qatnashishda davom etadi, jumladan o‘zbek bokschilari shu oy IBA tomonidan Iordaniyada o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida ham qatnashadi.
Rossiyalik Umar Kremlyov rahbarlik qiladigan IBA tashkilotini Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tan olmaydi, shuning uchun XOQ 2028 yil Los-Anjelesda o‘tadigan Olimpiada bahslaridan boks turini chiqarib yubordi.
Ma’lumot uchun, World Boxing tashkilotiga O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Gvatemala va Laos ham qo‘shildi. Bugungi kunda 2023 yil aprel oyida tashkil etilgan yangi tashkilot 55 davlatni o‘z ichiga oladi.
LiveBarchasi