“Umar ibn Xattob” masjidiga birinchi g‘isht qo‘yildi
Jamiyat
−
17 iyul 2019
3922Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi “Umar ibn Xattob” jome masjidining yangi binosiga birinchi g‘isht qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Marosimda Zafarobod tumani hokimi I.Qarshiboyev, Jizzax viloyati bosh imom-xatibi Mehmonali domla Jabborov va boshqalar ishtirok etishdi.
Masjid imom-xatibi Faxriddin Rasulovga ko‘ra, ushbu masjid 2000 yilda qurilgan bo‘lsa-da, bugungi kunga kelib xonaqoh va tahoratxona tagidan yemirilib, avariya holatiga kelib qolgan. Sababi bu yerlarda sho‘rlanish kuchli.
Ma’lum qilinishicha, yangi quriladigan masjidda albatta ana shu sharoitlar hisobga olingan holda zaruriy chora-tadbirlar ko‘riladi.
Yangi masjid sig‘imi 250 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, shu yilning yakuniga qadar bitkazilishi rejalashtirilgan. Qurilish ishlari xalq hashari va mahalliy tadbirkorlar ko‘magida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, hozirgi kunda Jizzax viloyatida “Boymoqli”, “Qoratepa” (Zomin t.), “Yangiqishloq” (Do‘stlik t.), “Yangiqishloq-2” (Forish t.) “Jizzaxlik” (Sh.Rashidov t.) masjidlari qulay sharoitlarga muvofiq holda yangidan qurilmoqda.
LiveBarchasi