O‘limlar e’lon qilinganidan ancha ko‘p: Myanmada vaziyat yomonlashdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Myanma xavfsizlik kuchlari tomonidan Bago shahrida o‘tkazilgan norozilik namoyishlarini bostirishda 80 dan ortiq odam o‘ldirildi. Bu haqda VVS xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, harbiylar halok bo‘lganlarning jasadlarini olib ketgan, bu esa o‘limlar sonini hisoblashda qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Myanmadagi harbiy to‘ntarish tufayli o‘tgan oydan beri 600 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Siyosiy mahbuslarga ko‘maklashish assotsiatsiyasi kuzatuv guruhining ta’kidlashicha, qurbonlar soni aslida e’lon qilinganidan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin.

“Bu genotsidga o‘xshaydi. Ular har bir soyani o‘qqa tutmoqda“ deydi, namoyish tashkilotchisi Xtut.

AQSH va Buyuk Britaniya Myanma harbiylariga qarshi sanksiyalarni kuchaytirdi.

Joriy yilning 9 aprel kuni hokimiyatdan chetlatilgan deputatlar va Myanmaning BMTdagi elchisi BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolarini harbiylarga qarshi choralar ko‘rishga, shu jumladan sanksiyalarni uzaytirishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Myanmada 2020 yil yakunida bo‘lib o‘tgan saylovlardan so‘ng hukumat harbiylar qo‘liga o‘tgach, norozilik harakatlari avj olib, mamlakatda muvaqqat Prezident tayinlangandi. Hamon davom etib kelayotgan namoyishlarda 550 dan ortiq odam halok bo‘lganini xabar qilgan edik.

 

Iqbol Ergashova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing