Fotoreportaj: Myanmada harbiy hokimiyatga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Olam
−
08 fevral 2021
4591Joriy yilning 1 fevral kuni Myanmadagi harbiylar hokimiyatni egallab oldi. Prezident Vin Myin, davlat maslahatchisi Aun San Su Chji va “Demokratiya uchun Milliy Liga” partiyasining boshqa rahbarlari hibsga olingan. Harbiy diktatura tiklanishiga rezidentlar qanday munosabatda bo‘ldi? Fotoreportajda ko‘ramiz.
Hokimiyat egallab olinganidan so‘ng, harbiylar bayonot berib, ularning siyosatga aralashishini 2020 yil noyabrdagi parlament saylovlarining soxtalashtirilishi bilan izohladi. Mamlakatning amaldagi rahbari Qurolli Kuchlarning Bosh qo‘mondoni Min Aun Xlayn va vitse-prezident Myin Shve prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
2011 yilgacha mamlakatda harbiylar ko‘p yillar davomida hokimiyat tepasida bo‘ldi. So‘nggi yillarda Myanmada demokratik islohotlar amalga oshirildi va birinchi demokratik saylovlar 2015 yilda bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning1 fevralida harbiylar hokimiyatga qaytgach, Prezident Vin Myin, davlat maslahatchisi Aun San Su Chji va hukmron “Demokratiya uchun Milliy Liga” partiyasi rahbariyatini qo‘lga oldi. Mamlakatda namoyishlar boshlandi, ularning eng yirigi Yangon, Mandalay va Neypidoda bo‘lib o‘tdi.
Namoyishchilar so‘nggi o‘n yilliklar ichida demokratik o‘zgarishlarning ramziga aylangan Aun San Su Chji va 2018 yildan beri hokimiyat tepasida bo‘lgan Prezident Vin Myinning ozod etilinishini talab qilmoqda. Shuningdek, ularda shiorlar ham bor: “Harbiy diktatura bilan!”, “Yashasin demokratiya!”.
Kecha, 7 fevral kuni qariyb 2 mingga yaqin odam mamlakatning iqtisodiy poytaxti Yangon ko‘chalariga chiqdi va 8 fevral kuni aksiyalar butun mamlakat bo‘ylab davom etdi. “The Myanmar Times” nashrining yozishicha, 8 fevral kuni ertalab minglab namoyishchilar Yangon ko‘chalariga chiqib, o‘zlarining noroziliklarini bildirgan.
Tibbiyot xodimlari harbiylarga qarshi harakatda faol ishtirok etib, ish tashlash e’lon qilib, ularga shoshilinch yordam ko‘rsatdi.
Davlat xavfsizligini ta’minlash bahonasida harbiylar Internetning ishlashini chekladi, ammo tarmoqqa kirish 7 fevralda tiklandi.
Mamlakat poytaxti Neypido ko‘chalari, uning eng yirik hududi Yangon va boshqa aholi punktlari qo‘shinlar tomonidan qo‘riqlanmoqda, bir yilga favqulodda holat e’lon qilingan.
Myanma davlat televideniyasi bugun, 8 fevral kuni namoyishchilarga qarshi tazyiqlar o‘tkazilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirdi.
Buddist rohib Myanmaning Yangon shahrida demokratiyani talab qilmoqda.
Harbiylar mamlakatda harbiy holat bekor qilinganidan keyin yangi saylovlar o‘tkazilishini aytdi. Shuningdek, ular 2020 yil noyabrdagi saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqadi va yangi ovoz berishdan so‘ng hokimiyatning saylangan partiya qo‘liga qonuniy o‘tishini ta’minlaydi.
LiveBarchasi