Harbiylar qo‘liga o‘tgan Myanmada muvaqqat Prezident tayinlandi
Olam
−
01 fevral 2021
5109Avvalroq, Myanma Qurolli kuchlari mamlakatdagi yuqori martabali amaldorlarni hibsga olgani va mamlakatda bir yil muddatga favqulodda holat e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.
“Reuters” agentligi ma’lumotiga ko‘ra, davlat to‘ntarishidan so‘ng, harbiylar Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Min Aun Xlainni mamlakat Prezident etib tayinlagan.
“Mamlakatning qonunchilik, ma’muriy va sud vakolatlari 2008 yilgi Konstitutsiyaning 418-moddasiga muvofiq Qurolli Kuchlar bosh qo‘mondoniga o‘tkaziladi, saylovdagi qonun buzilishlariga qarshi choralar ko‘rilmagunicha, mamlakat harbiylar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Shuningdek, harbiylar sobiq general U Mint Sveni Qurolli Kuchlarga vakillik qilishi uchun vitse-prezident etib tayinlagan.
LiveBarchasi