O‘lim, najot va umid yoxud olov ichida “qovurilayotgan” Turkiya (fotoreportaj)

Olam

image

Xabaringiz bor, Turkiyadagi g‘ayritabiiy issiqlik tufayli mamlakatning g‘arbiy va janubiy viloyatlarida boshlangan o‘rmon yong‘inlari hanuz davom etmoqda.

Oxirgi 9 kun ichida mamlakatda 187 ta o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi. 2 avgust holatiga ko‘ra, 31 viloyatda 129 yong‘in o‘chirilgan, 15 yong‘in esa davom etmoqda. Antaliya, Mug‘la, Isparta va Denizli kabi 4 viloyatda 9 ta yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilyapti.

Ayni damda, yong‘inlarni o‘chirish uchun 20 ta samolyot, 51 ta vertolyot, 850 dan ortiq yer usti o‘t o‘chirish uskunalari, 150 dan ortiq yordamchi qurilish va ishchi transport vositalari, 1 ta uchuvchisiz vertolyot va barcha davlat idoralarining 5 mingdan ortiq xodimi hamda armiya, jandarm va dengiz floti ham jalb qilingan.

Shuningdek, yong‘in Sid va Alaniya kabi kurort viloyatlarini ham qamrab olgan. Marmaris, Bodrum, Adana, Kayseri va Mersindagi o‘rmon yong‘inlarining zich tutuni tufayli quyosh deyarli ko‘rinmas holatga kelgan. Yong‘inlar sabab Antaliya “falokat zonasi” deb e’lon qilindi. Sayyohlar Marmaris va Bodrumdagi bir qancha mehmonxonalardan evakuatsiya qilindi. 

Kecha, 4 avgust kuni Turkiyadagi kuchli o‘rmon yong‘inlari janubi-g‘arbiy Mug‘la viloyatining Milas tumanida joylashgan Kemerko‘ydagi issiqlik elektr stansiyasiga ham yetib keldi. 

Mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlarini koronavirus pandemiyasi va terrorizm bilan taqqoslanadigan xalqaro tahdidga aylanganini ta’kidladi. 

Qayd etish kerakki, Turkiyada terrorchilik tashkiloti deb tan olingan “Olov bolalari tashabbusi” harakati mamlakatdagi o‘rmonlarda yuz berayotgani yong‘inlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.

Turkiya olov ichida

Joriy yilning 28 iyulida Turkiyada o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Yong‘in mamlakatning bir qancha viloyatlariga tarqalgan. Ularning ichida eng aziyat chekkani sayyohlik viloyati — Antaliya bo‘lib turibdi. Bir necha kundan beri davom etayotgan yong‘inlar oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan va 864 dan ortiq kishi jarohatlangan. Turkiya Prezidenti zarar ko‘rgan hududlarni falokat hududi, deb e’lon qilgan.

Qayd etish kerakki, kecha, 30 iyul kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish va ularning keng tarqalishini oldini olish maqsadida mamlakatga yordam guruhlari yuborilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, Ukraina, Rossiya va Ispaniya ham Turkiyaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun yordam kuchlarini yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

255

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing