Ularning bir olam qarzi bor – Tramp Germaniya haqida gapirdi

Olam

image

Vashington Germaniyaning NATO oldida katta qarzdorligi tufayli mamlakatda joylashgan AQSH qo‘shinlari sonini kamaytiradi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp 18 iyun kuni chop etilgan “The Wall Street Journal” muxbirlariga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Amerika yetakchisining ta’kidlashicha, AQSH "Germaniyadagi qo‘shinlar sonini kamaytirmoqda, chunki ular juda qimmat" va Germaniya tomoni "NATOga to‘lovlarni kechiktirmoqda". "Ularning bir olam qarzi bor. Ular to‘lovni to‘lamaydi", deya qo‘shimcha qildi AQSH Prezidenti. U ilgari NATOga a’zo barcha davlatlardan mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 2 foizigacha yetkazilishini talab qilgandi.

"Biz Germaniyani Rossiyadan himoya qilyapmiz, deb taxmin qilinmoqda, shundaymi? Va shu bilan birga Germaniya Rossiyaga energiya uchun milliardlab dollar to‘lamoqda", deya qo‘shimcha qildi Amerika rahbari.

Ayni paytda Germaniyada AQSHning qariyb 34,5 ming harbiysi joylashtirilgan. Sentyabrgacha 9,5 ming amerikalik askar va zobit Germaniyadan olib chiqiladi. Ma’lum qilinishicha, Germaniyadan olib chiqiladigan qo‘shinlarning bir qismi Polshaga va boshqa davlatlarga ko‘chiriladi, ba’zilari AQSHga qaytadi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Donla'd Tramp

Baholaganlar

295

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing