Ular Rossiyani buyuk qilgan – Putin Lenin va Stalinni qo‘msadi

Olam

image

Vladimir Lenin, Iosif Stalin va Nikolay II Rossiyani buyuk davlatga aylantirgan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Velikiy Novgorodda Rossiya davlatchiligining 1160 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida shunday fikr bildirdi.

Prezident boshqa tarixiy shaxslarning ismlarini sanab, ularni Rossiya kelajagini turlicha ko‘rgan va barrikadalarning turli tomonida turgan “ulkan, murakkab, ba’zan qarama-qarshi” shaxslar deb atagan.

“Bilasizmi, men bu nutqni yozgach, Nikolay II, Lenin, Stalin kabi ismlarini alohida belgilab qo‘yganman. Ko‘rinib turibdiki, bu hozirgi siyosiy vaziyatga to‘laqonli xolis baho berish uchun tarixiy nuqtai-nazarga tayanishning ayni vaqti. Ularning barchasi, davlat arboblari, ishchilar, jangchilar, kashshoflar, olimlar, fidoyi va avliyolar, eng muhimi, butun xalqimiz Rossiyani dunyoning buyuk davlatiga aylantirdi, uning taqdirini belgilab berdi”, deydi Putin.

Prezidentning ta’kidlashicha, zamonaviy Rossiya fuqarolari o‘z ajdodlari an’analarini saqlash va davom ettirishga majburdirlar.

“Har birimiz Rossiya uchun, bepoyon mamlakatimiz, sevimli vatanimizni himoya qilish va mustahkamlash uchun ulkan mas’uliyatga egamiz”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, unga ko‘ra 300 ming Rossiya fuqarosi jangovar hududga boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

811

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing