Ular qandaydir hojatxona ustida bayroq ko‘tarishgan – Rossiyaning Baxmutni “egallagan”i haqida
Olam
−
03 aprel 2023
17608Ukraina harbiylari Rossiyaning Baxmutni egallagani haqidagi da’volarini rad etdi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.
Qayd etilishicha, ukrainalik harbiylar bugun, 3 aprel kuni Baxmut shahri ma’muriy binosi oldida rus qo‘shinlari bilan to‘qnash kelganini ma’lum qilib, ularning shaharni egallagani haqidagi da’volarini rad etgan. Ukraina rasmiy vakilining aytishicha, ular bayroqni bino tepasida emas, "qandaydir hojatxona" ustida ko‘targan.
Baxmut uchun janglar ikkinchi yildirki davom etayotgan urushning eng qonli to‘qnashuvlaridan biri bo‘lib turibdi. Har ikki tomon ham ko‘plab qurbonlar evaziga shaharda nazoratni qo‘lga kiritishga intilmoqda. Baxmutning sharqiy qismi esa ketma-ket bombardimonlar oqibatida vayron bo‘lgan.
Kecha "Vagner" yollanma qo‘shinlari qo‘mondoni Yevgeniy Prigojin rus qo‘shinlari shahar ma’muriy markazini egallaganini ma’lum qilib, Ukraina qo‘shinlari hamon ayrim pozitsiyalarni egallab turganini aytgandi. Sharqiy harbiy qo‘mondonlik matbuot kotibi Sergey Cherevatiyning aytishicha, Rossiyaning shaharni egallab olgani haqidagi da’vosi yolg‘on.
"Baxmut – Ukrainaniki. Ular hech narsani qo‘lga kiritmadi va yumshoq qilib aytganda bundan ancha yiroqlar. Ular qandaydir hojatxonaning ustida bayroq ko‘tarishdi. Kim ham bilardi, deb lattalarini osishdi va shaharni qo‘lga kiritdik, deyishdi", deydi u.
Nodirjon Madaminov
LiveBarchasi