“Vagner” Baxmutni egallaganini ma’lum qildi. Ukraina bunga nima deydi?

Olam

image

“Vagner” yollanma guruhi rahbari Yevgeniy Prigojin kecha, 2 aprel kuni tunda Baxmut qo‘lga olinganini e’lon qildi. Bu haqda bugun, 3 aprel kuni Prigojinning matbuot xizmati Telegram kanalida e’lon qilindi.

“2023 yil 2 aprel, soat 23:00. Baxmut shahar ma’muriyatida “Vladlen Tatarskiyga yaxshi xotira” yozuvi va “Vagner” bayrog‘i bilan Rossiya bayrog‘ini ko‘tardik. Qonuniy ravishda Baxmut olindi. Dushman g‘arbiy viloyatlarda to‘plangan”, deyiladi xabarda.

Prigojinning bayonotiga qaramay, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Baxmutning “qonuniy qo‘lga olingani” haqidagi ma’lumotni tasdiqlamagan. Bosh shtabning ertalabki xabarida Baxmut, Avdeevka va Marinkada jangovar harakatlar davom etayotganini ma’lum qilingan.

Britaniyalik harbiy tahlilchi va iste’fodagi vitse-marshal Shon Bellning aytishicha, “Vagner” tomonidan e’lon qilingan video Baxmut ma’muriyatidan 400 metr uzoqlikda joylashgan hududda olingan. Rossiya kuchlari markaziy qismda oldinga siljimoqda, ammo Ukraina kuchlari Baxmutdagi ta’minot liniyalarini hamon nazorat qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Vagner Baxmut Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing