Ukrainada jang qilayotgan qozog‘istonliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Olam

image

Ukrainada Rossiya tomonida jang qilayotgan 660 dan ortiq Qozog‘iston fuqarosining ro‘yxati e’lon qilindi. Ularning ismlari Ukraina Mudofaa vazirligi va Bosh razvedka boshqarmasi tomonidan boshqariladigan “Xochu jit” (“Yashashni xohlayman"”) markazi tomonidan ochiqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yildan beri Rossiya armiyasi safida 661 nafar Qozog‘iston fuqarosi urushda qatnashgan, ulardan kamida 78 nafari halok bo‘lgan. Ushbu ma’lumotlar Rossiya Qurolli kuchlari qo‘mondonligining anonim vakillaridan olingani aytilmoqda.

“Ta’kidlash lozimki, yollanma jangchilik Qozog‘iston Respublikasida jinoiy javobgarlikka tortiladigan jinoyat hisoblanadi. Rossiya armiyasida omon qolganlar vataniga qaytgan taqdirda 12 yildan 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va mulki musodara qilinishi mumkin”, deyiladi markaz bayonotida.

Shuningdek, Qozog‘iston fuqarolari haqidagi ma’lumotlar birinchilardan ekani, boshqa davlat fuqarolarining ham ro‘yxati keyinchalik e’lon qilinishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina hududida harbiy harakatlarda Rossiya  tomonidan ishtirok etgan O‘zbekiston fuqarosi – Alisher Xoliqov 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tuman sudida Alisher Xoliqov bilan bog‘liq jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Sud uni Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi (Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish) bo‘yicha aybdor deb topgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya urush Ukrainada qozog'istonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing