Ukrainaning Yevropadagi taqdiri bugun hal qilinadi

Olam

image

Yevroparlament Ukraina va Moldovaga Yevropa Ittifoqiga nomzodlar maqomini berishni qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda bugun, 23 iyun kuni Yevroparlament prezidenti Roberta Metsola ovoz berish yakunlanganidan so‘ng darhol ma’lum qildi. 

“Umuman olganda rezolyutsiyaning mutlaq ko‘pchilik tomonidan qabul qilindi”,  dedi u. 

Bu rezolyutsiya Yevroparlamentning barcha rezolyutsiyalari kabi tavsiya xarakteriga ega. Ukraina va Moldovaga Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomini berish to‘g‘risidagi qaror bugun kechki YeI sammitida qabul qilinadi. Sammit qarori qabul qilingandan keyin u Yevropa parlamenti tomonidan rasman tasdiqlanishi kerak. 

Avvalroq Yevropa kengashi prezidenti Charlz Mishel YeI sammiti Ukraina va Moldovaga nomzod maqomi berishiga ishonch bildirgan edi. 17 iyun kuni Yevrokomissiya Ukraina va Moldovaga shunday maqom berishni va Gruziya bo‘yicha bu qarorni keyinga qoldirishni tavsiya qildi. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenning ta’kidlashicha, Ukraina qo‘shilish yo‘lidan borish uchun avvalo jiddiy islohotlar va mamlakatni deoligarxizatsiya qilish kerak. 

Yevroparlament rahbari Roberta Metsolaning fikricha, Yevropa Ittifoqi ukrainaliklarning ruhini saqlab qolish uchun “umid ramzi” sifatida Ukrainaga a’zolikka nomzod maqomini berishi kerak, ayni paytda haqiqiy a’zo bo‘lish uchun hali “ko‘p qadamlar qo‘yilishi lozim”.

Bundan 23 yil avval 1999 yilda nomzod maqomini olgan Turkiya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayoni bo‘yicha rekordchi bo‘lsa-da, 2005-yilda a’zolik muzokaralarini boshlashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo haligacha a’zolikka qabul qilinmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing