YeI G‘azoga gumanitar yordam uchun yana 68 million yevro ajratadi
Olam
−
27 aprel
1972Yevropa Ittifoqi G‘azo sektoridagi muhtoj fuqarolarga yana 68 million yevro gumanitar yordam beradi. Bu haqda kecha, 26 aprel kuni e’lon qilingan Yevropa komissiyasi bayonotida so‘z boradi.
“G‘azo sektoridagi og‘ir gumanitar inqirozning davom etishi va u yerdagi ehtiyojlar tobora ortib borayotgani sababli Yevropa komissiyasi falastinliklarga moliyaviy yordamni oshirmoqda”, deyiladi press-relizda.
Yordam mintaqadagi falastinliklarni qo‘llab-quvvatlayotgan "sherik tashkilotlar" orqali amalga oshiriladi. Bu harakatlar "tezkor zarur oziq-ovqat yordami, sog‘liqni saqlash, suv va sanitariya hamda uy-joy yordamini kengaytirishga qaratilgan. Shunday qilib, 2024 yilda G‘azo sektorida muhtoj bo‘lgan falastinliklar uchun Yevropa Ittifoqining gumanitar yordamining umumiy miqdori 193 million yevroni tashkil qiladi.
Mintaqada olti oydan ortiq davom etayotgan harbiy amaliyotlar Isroil armiyasining bombardimonlari va quruqlikdagi amaliyotlari chog‘ida G‘azo sektorida sezilarli vayronagarchiliklarga olib keldi. YeI ma’lumotlariga ko‘ra, hozir mintaqadagi ikki millionga yaqin tinch aholi gumanitar yordamga muhtoj.
LiveBarchasi