Ukrainaning olti oy davomidagi yo‘qotishlari ochiqlandi
Olam
−
21 dekabr 2023
10147Ukraina Qurolli Kuchlarining olti oy davomida yo‘qotishlari taxminan 160 ming kishini tashkil etdi. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i - Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Valeriy Gerasimov ma’lum qildi.
"Olti oy davomida dushmanning barcha yo‘nalishlarda yo‘qotishlari qariyb 160 ming kishini, 3 mingdan ortiq zirhli jangovar texnikani, shu jumladan 766 tankni, shuningdek, 121 samolyotni, 23 vertolyotni tashkil etdi", deydi Gerasimov Rossiya Mudofaa vazirligining 2023 yildagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan xorijiy harbiy attashelar uchun o‘tkazilgan brifingda.
Avvalroq, Rossiya Mudofaa vazirligining kengaytirilgan kollegiyasida vazir Sergey Shoygu Ukraina Qurolli kuchlarining umumiy yo‘qotishlar soni 383 ming harbiyni tashkil qilganini aytgandi. Uning ichiga umumiy halok bo‘lgan va yaralanganlar kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb davlatlari Ukrainaga yordam berishda davom etishini hamda Amerika Ukrainaga xiyonat qilmasligini aytgandi.
LiveBarchasi