Ukrainaning kuchli janglar ketayotgan shahridan o‘zbekistonlik talabalar evakuatsiya qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 8-9 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 62 nafar ayol, 28 nafar voyaga yetgaman shaxs va 11 nafar chaqaloq olib kelindi. Bu haqda Tashqi shilar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 28 fevraldan 9 martga qadar 22 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo‘layotgan joylardan 5 037 nafar O‘zbekiston fuqarosi qaytarildi.

“Ukrainadan “Karchova” nazorat-o‘tish punktiga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarining sonini kamayishi kuzatilmoqda”, deydi Qobuljonov.

9 mart kuni yana bitta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi tomonidan Sumi shahridan 23 nafar o‘zbekistonlik talaba xalqaro gumanitar tashkilotlar shafeligida evakuatsiya qilingan.

“Ukrainaning turli joylaridan fuqarolarni evakuatsia qilish bo‘yicha ishlar davom etayotir. Bunda asosiy e’tibor urush harakatlari kuzatilayotgan chekka hududlarda qolib ketgan hamyurtlarimizni olib chiqishga qaratilmoqda”, deydi TIV vakili.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonlik diplomatlar Moldova Respublikasida bo‘lib, ushbu mamlakatdan fuqarolarni evakuatsiya qilish masalasini ishlab chiqmoqdalar.

Ukrain nashrlarining mamlakat Qurolli kuchlari matbuot xizmatiga tayanib, xabar berishicha, rus askarlari hozirda asosiy kuchlarini bir nechta shaharlarni egallash uchun jamlamoqda. Ular orasida Sumi ham bor.

“Dushman o‘zining asosiy sa’y-harakatlarini Kiyev shahrini o‘rab olishga, Sumi, Xarkov, Mariupol, Nikolayevni egallashga, Qrim avtonom respublikasi va Rossiya Federatsiyasining materik qismi o‘rtasidagi quruqlik yo‘lagini ta’minlashga qaratmoqda”, deyiladi bayonotda.


Maqola muallifi

Teglar

evakuatsiya

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing