Ukrainani achchiq kunlar kutmoqda – Bayden urush qancha davom etishini aytdi
Olam
−
22 fevral 2023
16627Ukrainadagi mojaro bir yildan ortiq davom etishi mumkin, Ukrainani og‘ir va achchiq kunlar kutmoqda. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 21 fevral kuni Varshavadagi chiqishida aytdi.
“Biz bir-birimizga adolatli bo‘lishimiz kerak. Ozodlikni himoya qilish bir kunlik yoki bir yillik ish emas”, deydi u.
U so‘zida davom etarkan, oldinda og‘ir kunlar borligiga ishora qildi.
“Ukraina Rossiya hujumidan himoyalanishda davom etmoqda va qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Og‘ir va achchiq kunlar, g‘alabalar va fojialar bo‘ladi, lekin Ukraina bunga tayyor”, deya qo‘shimcha qildi Bayden.
Uning fikricha, o‘tgan yil Vashington va uning ittifoqchilari birlashish va Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga qarshi turish qobiliyatini namoyon etgan.
“Butun dunyo asrlar sinovi oldida turibdi. Yevropa va Amerika sinovdan o‘tmoqda. NATO sinovdan o‘tmoqda. Barcha demokratik davlatlar sinovdan o‘tmoqda”, deydi Amerika rahbari.
U Rossiyaning Ukrainaga boshlagan bosqini AQSH va uning ittifoqchilari oldiga dolzarb savollarni qo‘yganini aytdi.
"Biz duch kelgan savollar oddiy bo‘lganidek, chuqur edi. Javob beramizmi yoki yuz o‘girib ketamizmi? Biz kuchli yoki zaif bo‘lamizmi? Biz barcha ittifoqchilar bilan birlashamizmi yoki bo‘linib ketamizmi? Bir yil o‘tib, biz javobni topdik. Biz munosabat bildirdik. Biz kuch va birdamlikni ko‘rsatdik. Va dunyo yuz o‘girgani yo‘q”, deydi Bayden.
LiveBarchasi