Ukrainaning 4 viloyatini anneksiya qilgan Putin Kiyevni muzokaraga chaqirdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning bosib olingan hududlarini anneksiya qilish haqidagi murojaatida Kiyevni “zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga” va “muzokaralar stoliga qaytishga” chaqirdi.

“Biz Kiyev rejimini zudlik bilan o‘t ochishni, barcha harbiy harakatlarni, 2014 yilda u (Ukraina – tahr.) boshlagan urushni to‘xtatishga va muzokaralar stoliga qaytishga chaqiramiz. Biz bunga tayyormiz. Lekin biz Donetsk, Lugansk, Zaporoje, Xersondagi xalqning tanlovini muhokama qilmaymiz. U amalga oshdi. Rossiya unga xiyonat qilmaydi”, degan Putin Ukrainaning to‘rt viloyatini “yutib yuborgach”.

Putinning so‘zlaridan kelib chiqadiki, Rossiya hukumati muzokaralarda Rossiya bosib olib, anneksiya qilgan hududlar taqdirini muhokama qilmaydy.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning bosib olingan Ukraina hududlarini anneksiya qilishga urinishi muzokara jarayonining tugashini anglatishini aytdi. 28 sentyabrda u urushni tugatish Rossiya tomonidan bosib olingan barcha hududlar ozod qilingandan keyingina mumkin bo‘lishini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Putin Ukrainaning Donbass mintaqasidagi tan olinmagan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari hamda Xerson va Zaporoje viloyatlarini Rossiyaga qo‘shib olish, anneksiya qilish haqidagi shartnomalarni imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

379

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing