Ukrainani qo‘llab-quvvatlash g‘arbliklar uchun qimmatga tushmoqda — Stoltenberg
Olam
−
27 noyabr 2022
13467Ukrainani qo‘llab-quvvatlash g‘arbliklar uchun qimmatga tushmoqda, biroq Kiyevga yordamni saqlab turish va oshirish zarur. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg "Welt am Sonntag" gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Oziq-ovqat va energiya uchun to‘lovlarning oshishi Yevropadagi ko‘plab uy xo‘jaliklari uchun og‘ir kunlarni anglatadi. Shunga qaramay, Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etish zarur", deydi Stoltenberg.
Shimoliy Atlantika alyansi Bosh kotibi Berlinning Ukrainaga qurol yetkazib berishini yuqori baholagan.
"Biz hammamiz Ukrainaga yordamimizni oshirishimiz kerak. Bu ukrainaliklarga o‘zini himoya qilish huquqini himoya qilishga yordam beradi", deydi u.
Shu bilan birga, NATO bosh kotibi Ukrainaga harbiy yordam berilsa, muzokaralar stolidagi mavqeini mustahkamlash mumkinligini qayd etib o‘tgan.
"Tinchlikni qo‘llab-quvvatlashning eng yaxshi yo‘li Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdir", deydi bosh kotib.
LiveBarchasi