Ukrainaliklarning 32 foizi Rossiyaga yerlarni berishga rozi bo‘ldi – so‘rovnoma
Olam
−
24 iyul
12066Ukrainada aholi orasida tinchlikka erishish uchun Rossiyaga hududiy imtiyozlar berish borasida o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashganlarning 32 foizi tinch-totuv yashash uchun o‘zlari yashab turgan yerlarni Rossiyaga berishga rozi ekanligini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tomonidan 16-22 may kunlari Ukraina nazorati ostidagi hududda 1067 kishi ishtirok etgan so‘rov natijalariga ko‘ra, hududiy imtiyozlarga rozi bo‘lgan ukrainaliklarning deyarli uchdan bir qismi urushni tezda tugatish uchun Rossiyaga nisbatan ba’zi hududiy imtiyozlarni qabul qilgan. Taqqoslansa, bu 2023 yilga nisbatan uch baravar ko‘pdir, ammo Ukrianada katta ko‘pchilik hanuzgacha har qanday yerdan voz kechishga qarshi. Aniqrog‘i, ukrainaliklarning 55 foizi har qanday hududiy yon berishga qarshi.
Shuningdek, yana 13 foiz respondent Rossiya uchun og‘ir bo‘lgan talablarni ilgari surgan. Ushbu 13 foiz so‘rovnoma qatnashchisi Moskvadan o‘z qo‘shinini olib chiqib ketish, Qrimni ham qaytarish va reparatsiya to‘lashni talab qilgan.
Hududiy imtiyozlar deganda, asosan, 2022 yilda xalqaro hamjamiyat fikriga zid ravishda Rossiya tarkibiga kiritilgan Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari nazarda tutilgan.
So‘rovnoma hisobotida Rossiya Ukraina hududining qariyb 18 foizini, shu jumladan 2014 yilda bosib olgan Qrim yarimorolini ham egallab turgani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urushning eng og‘ir bosqichi yil oxirigacha tugashi mumkinligini aytgandi.
LiveBarchasi