Ukrainaliklar safarbarlikdan ozod qiluvchi “oq chipta” sotib olmoqda

Olam

image

Ukrainaliklar safarbarlikni kechiktirish uchun 37 ming dollarga “oq chiptalar” (sog‘lig‘i sababli harbiy xizmatdan ozod qiladigan harbiy chiptalar) sotib olmoqda. Bu haqda Ukraina Oliy Radasining deputati Aleksandr Yurchenko ma’lum qildi.

“Biz doim harbiy komissar Ispaniyada uy sotib olgani, pora bilan qo‘lga tushgani haqida eshitamiz. Endi “oq bilet” olish uchun 37 ming dollar berishyapti”, deydi u.

Mahalliy nashrlarga ko‘ra, safarbarlik to‘g‘risidagi qonunchilik qat’iylashtirilgunga qadar safarbarlikni kechiktirish narxi 5-10 ming dollar bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yil fevral oyidan boshlab Ukrainada umumiy safarbarlik e’lon qilindi va bir necha bor uzaytirildi. Ayni paytda hukumat harbiy yoshdagi erkaklarning xizmatdan qochishini oldini olish uchun to‘liq imkoniyatlarni ishga solmoqda. Joriy yilning 18 may kuni mamlakatda safarbarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, chaqiruv yoshini 25 yoshga tushirish, chaqiriluvchilarni elektron hisobga olishni joriy etish va “harbiy xizmatga qisman yaroqli” maqomini bekor qilish, shuningdek, nogiron harbiy xizmatchilarni va asirlikdan ozod qilinganlarni demobilizatsiya qilish va ularga xizmatdan bo‘shash huquqini berish, shuningdek, avval “qisman sog‘lom” maqomiga ega bo‘lgan shaxslarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni joriy etish belgilandi. Bu esa yana yuz minglab ukrainaliklarni harbiy xizmatga chaqirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy harbiy holat va safarbarlik muddatini 90 kunga uzaytirish to‘g‘risidagi qonunlarni imzolagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Oliy Rada Aleksandr Yurchenko oq chipta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing