Ukrainalik harbiylar xorijda tayyorlanmoqda. Ular qayerda nimani o‘rganmoqda?

Olam

image

AQSHda 7 mingga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchilar, uning ittifoqchisi bo‘lgan 26 davlatda yana 11 ming nafar harbiylar tayyorgarlikdan o‘tdi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder ma’lum qildi.

“Hozirgi vaqtda Germaniyaning Xoenfels va Grafenvyor poligonlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining 1200 nafar harbiy xizmatchisidan iborat ikkita motorlashtirilgan piyoda batalonlari ishtirokida qo‘shimcha qo‘shma qurolli mashqlar o‘tkazilmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Rayder.

Pentagon vakilining so‘zlariga ko‘ra, 2022 yil aprelidan buyon ukrainalik askarlar turli dasturlar bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan. Shu haftada havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarining 65 nafar ukrainalik harbiysi Oklaxomada Patriot zenit-raketa tizimlarini boshqarish bo‘yicha mashg‘ulotlarni yakunlagan va allaqachon Yevropaga qaytgan.

“Qo‘shma Shtatlar Ukraina xalqiga xavfsizlik sohasida yordam ko‘rsatish uchun ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan mashg‘ulotlarni davom ettiradi va yaqindan ishlaydi”, deydi Rayder.

Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi joriy yilning 29 mart kuni shved harbiy instruktorlari ukrainalik harbiylarga pistirma qo‘yish va o‘rmonlarda jangovar harakatlar olib borishni o‘rgatayotgani haqida xabar qilgan. Trening Buyuk Britaniyada Ukraina askarlari uchun keng ko‘lamli o‘quv dasturining bir qismi sifatida o‘tkazilgan. Britaniya hukumatining xabar berishicha, har 120 kunda 10 minggacha ukrainalik askarni tayyorlash rejalashtirilgan.

Joriy yilning 27 mart kuni esa Ukraina tank ekipajlari Britaniyaning Challenger 2 tanklarini boshqarish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini yakunlagan. Mashg‘ulotlar ekipaj tarkibida qo‘mondonlik, boshqaruv va jamoaviy ish bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tayyorgarlikdan o‘tgan harbiylar bahorgi qarshi hujumda ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Britaniya Pentagon Ukrainalik harbiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing