Ukrainaga Rossiyaga hujum qilish uchun AQSH qurolidan foydalanmaslik uqtirildi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar uzoq vaqtdan beri Ukrainadan Rossiya hududiga hujumlar uchun ular tomonidan taqdim etilgan harbiy texnikadan foydalanmaslikni so‘rab keladi. Bu haqda AQSH shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milli ma’lum qildi.

Belgorod viloyatining chegara hududiga partizan hujumini izohlar ekan, Amerika Bosh shtabi rahbari ushbu reydda aynan Amerika texnikasi ishlatilganini tasdiqlay olmasligini aytib o‘tgan.

“Qurol AQSH tomonidan yetkazib berilganmi yoki yo‘qmi, hujum qanday bo‘lgan, kim kimga nima qilganini hozir aniq ayta olmayman. Lekin shuni aytishim mumkinki, biz ukrainaliklardan Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilish uchun AQSH yetkazib bergan texnikadan foydalanmaslikni so‘raganmiz”, deydi Milli.

Shuningdek, u Ukraina tomoniga qo‘yilgan bu cheklovlar ukrainaliklarga o‘z hududlarini ozod qilishda yordam berish istagi bilan izohlanganini qayd etgan.

"Nega shunday? Chunki biz xohlamaymiz – bu Ukraina urushi. Bu AQSH va Rossiya o‘rtasidagi urush emas. Bu NATO va Rossiya o‘rtasidagi urush emas”, deydi Mark Milli.

Eslatib o‘tamiz, 22 may kuni Ukraina Qurolli Kuchlarining asosan ruslardan tashkil topgan harbiy qismlari – “Rus ko‘ngillilari korpusi” va “Rossiya ozodlik legioni” Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Belgorod viloyatiga hujm boshlagan edi. Shundan so‘ng tinch aholi Belgorodni ommaviy ravishda tark eta boshlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya harbiy texnika Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing