Ukrainaga raketa hujumi qurbonlari ortyapti

Olam

image

Rossiyaning bugun, 10 oktyabr kuni Ukrainaga amalga oshirgan yirik raketa hujumi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi va 60 ga yaqin kishi jarohatlandi. Bu haqda milliy telemarafon efirida Ukraina Milliy politsiyasi matbuot kotibi Maryana Reva ma’lum qildi. 

"Agar biz butun Ukraina haqida gapiradigan bo‘lsak, unda Kiyevdan tashqari, mamlakatning yana 14 mintaqasida hujumlar qayd etilgan. Umuman olganda, Rossiyaning raketa zarbalari oqibatida hozircha Ukraina bo‘ylab 10  nafar qurbon va 60 ga yaqin yaralanganlar bor”, deydi Reva. 

Milliy politsiya matbuot kotibining ma’lum qilishicha, politsiya xodimlari odamlarga yordam berish va Rossiya Federatsiyasi harbiy jinoyatlarining barcha oqibatlarini qayd etish uchun joylarda ishlamoqda. Huquq-tartibot idoralari xodimlari imkon qadar odamlar xavfsizligini ta’minlash uchun barcha ishni qilmoqda. 

“Shu bilan birga, biz barcha fuqarolarga murojaat qilamiz: havo hujumi signallarini e’tiborsiz qoldirmang. Bugun ertalab hukumat bergan barcha tavsiyalar va tartib-intizomga rioya qilish naqadar muhimligini ko‘rsatdi. Shuning uchun birinchi havo hujumi signalizatsiyasida siz boshpanaga tushing, chunki bu sizning hayotingiz va sog‘ligingiz masalasidir”, deya qo‘shimcha qildi Reva. 

Politsiyachining ta’kidlashicha, bugun ertalab Rossiya haqiqatan ham terrorchi davlat ekanligini tasdiqladi. 

“Chunki bu ommaviy hujumlarning barchasi tinch aholiga, muhim infratuzilma ob’ektlariga qarshi qaratilgan. Ayrim aholi punktlarida elektr ta’minoti yo‘q. Biz shunday og‘ir sovuq davrda Rossiya Ukrainaning tinch aholisi hayotini yo‘q qilish uchun hamma narsani qilayotganini ko‘rib turibmiz”, deya xulosa qildi Reva.  

Ukrainaga raketa hujumi

Rossiya bosqinchilari 10 oktyabr kuni ertalab Ukraina shaharlarini ommaviy o‘qqa tutdi. Raketa hujumlari Kiyev, Vinnitsa, Lvov, Kirovograd, Nikolayev, Ternopil, Jitomir va boshqa viloyatlarning markazida qayd etilgan. 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina shaharlari va muhim infratuzilmalarga zarba berilganini tan oldi. U Ukrainaga yangi zarbalar bilan tahdid qildi, aslida Ukraina shaharlarining ertalabki terrori Qrim ko‘prigining portlatilishi bilan bog‘liqligini aytdi.

Ma’lumki, Ukrainaga yuqori aniqlikdagi raketalar bilan hujum qilingan. Xususan, X101 va X555 raketalari Kaspiy mintaqasidagi strategik bombardimonchi samolyotlardan uchirilgan. Qora dengizdan "Kalibr", "Iskander", "S-300" va "Tornado" raketalari ham qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing