Ukrainaga Leopard 2 tanklarining birinchi partiyasi yuborildi

Olam

image

Germaniyada ishlab chiqarilgan Leopard 2 tanklarining birinchi partiyasi bugun, 24 fevral Polshadan Ukrainaga jo‘natiladi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Polsha va’da qilgan 14 ta Leopard 2 jangovar tanklarining birinchi partiyasini Rossiya bosqiniga bir yil to‘lgan kun – 24 fevral kuni jo‘natadi. Buning ortidan ramziy ma’no ko‘zlangan bo‘lib, bu G‘arb davlatlari Kreml buyrug‘i bilan kuchaygan hujumlar fonida kurashayotgan Ukraina Qurolli kuchlarini qurollantirishga shoshilyotganini anglatadi. 

Manbaga ko‘ra, tanklarning yetkazib berilishi Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiyning bugun, 24 fevral kuni Kiyevga qilgan tashrifidan so‘ng ma’lum bo‘lgan. U  Mixaylovsk maydonida ukrainalik hamkasbi Denis Shmigal bilan uchrashgan va Oltin gumbazli monastirda halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirgan.  

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Slovakiya, AQSH va Fransiya ham Kiyevga G‘arbda ishlab chiqarilgan tanklar berish niyatida ekanini e’lon qilgan. Kiyev birinchi partiya sifatida 12 ta davlatdan 140 tagacha tank olishi kutilmoqda.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

tank Leopard 2

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing