Ukrainaga keng ko‘lamli kiberhujum uyushtirildi 

Olam

image

Ukrainadagi bir nechta banklar va Mudofaa vazirligi veb-saytlari xakerlik hujumiga uchradi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, “Privatbank” va “Oadbank” banklariga, shuningdek, Mudofaa vazirligi va Ukraina Qurolli Kuchlari veb-saytiga hujum qilingani ma’lum. Qayd etilishicha, kuchli DDOS hujumi kuzatilmoqda. 

Foydalanuvchilar esa ba’zilarida internet-banking yo‘qligi, boshqalari tizimga kirishi mumkinligi, lekin operatsiyalarni amalga oshira olmasligi haqida xabar bergan. Huquq-tartibot idoralari kiberhujum juda kuchli ekanligini aniqlagan, u mahalliy vaqt bilan kecha, 15 fevral kuni soat 15:00 da boshlangan.

Bundan tashqari, bu hech qachon kuzatilmagan juda kuchli hujum ekanligi qayd etilgan. Buni Mudofaa vazirligi veb-saytiga xakerlar hujumi sodir etilganini tasdiqlagan.

Maxsus aloqa va axborotni himoya qilish davlat xizmati ham Ukrainaning bir qator axborot resurslariga kuchli DDOS hujumi haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Rossiya istagan paytida Ukrainaga qarshi harbiy amaliyotlarni boshlashi va hujum turli shakllarda bo‘lishi mumkinligini aytgan. 

Qayd etish kerakki, Ukraina atrofidagi vaziyat kun sayin o‘zgarib bormoqda. AQSH va G‘arb davlatlari Rossiyani bosqinga tayyorlanishda ayblab kelyapti. AQSH Prezidenti Bayden shaxsan o‘zi Moskva 16 fevral kuni hujum boshlashini aytdi. 30 dan ortiq davlatlar fuqarolaridan Ukrainaga bormaslikni so‘ramoqda. AQSH Kiyevdagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilishni boshlagan.   

O‘z navbatida, Moskva Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi ayblovlarni rad etmoqda. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya urush holatida emasligini va Ukraina bilan urush qilish niyatida emasligini aytmoqda. Vazir, shuningdek, AQSH va uning ittifoqchilarini Rossiyaga qarshi “tashviqot kampaniyasi” boshlaganlikda ayblab, bunday harakatlar Kiyevni mamlakat sharqidagi vaziyatni harbiy yo‘l bilan hal qilishga undashidan ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina kiberhujum

Baholaganlar

870

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing