Ukrainaga qarshi yadroviy hujumga kuchli harbiy javob qaytariladi – YeI
Olam
−
13 Oktabr 2022
10358G‘arb Rossiya Ukrainaga qarshi yadro qurolidan foydalansa, kuchli harbiy javob qaytaradi, ammo bu yadroviy zarba bo‘lmaydi. Bu haqda bugun, 13 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqining (YeI) tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Xosep Borrel Bryuggedagi Yevropa Diplomatik akademiyasi ochilishida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
“Ukrainaga yadroviy hujum Yevropa Ittifoqi, AQSH va NATOning javobini keltirib chiqaradi. U (javob zarbasi – tahr.) yadroviy bo‘lmaydi, lekin harbiy nuqtai nazardan uning kuchi katta bo‘ladi”, deydi Yevropa Ittifoqi tashqi xizmati rahbari.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning javob harbiy choralari ko‘lami Rossiya armiyasining yo‘q qilinishiga olib keladi.
Borrel, shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Rossiya o‘z hududini “barcha mumkin bo‘lgan vositalar bilan” himoya qilishini aytganida “blef qilmayotgani” haqidagi bayonotiga ishora qilgan. Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati rahbarining aytishicha, G‘arb davlatlari Ukrainada yadro quroli qo‘llanilsa, oqibatlari haqida ogohlantirganda “ham blef qilmayapti”.
Uning qo‘shimcha qilishicha, butun dunyo “[Ukrainadagi mojaro] tugashidan” manfaatdor. Borrelning so‘zlariga ko‘ra, YeI respublikani “qo‘llab-quvvatlashda davom etishi” va mojaroni hal qilishning “diplomatik yo‘llarini izlashi” kerak.
“Hozircha ular yo‘q”, deydi Yevropa Ittifoqi tashqi xizmati rahbari.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova 6 oktyabr kuni Vashington va boshqa G‘arb davlatlari keyinchalik Moskvani ayblash uchun yadro qurolidan foydalanish atrofidagi vaziyatni keskinlashtirishdan manfaatdor bo‘lishi mumkinligini aytgandi.
LiveBarchasi