Ukrainaga G‘arbning eskirgan samolyotlari kerak emas – Kiyev

Olam

image

Ukrainaga Fransiyaning Mirage qiruvchi samolyotlari va Rossiya havo mudofaasi tomonidan yo‘q qilinadigan boshqa eskirgan G‘arb samolyotlari kerak emas. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari vakili Yuriy Ignat “Ukraina” media markazida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

"Har qanday yordam biz uchun muhim, lekin Mirage 2000 ko‘rinishida emas. Biz bu haqda ko‘p marta gaplashganmiz", degan Ignat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Amerikaning A-10 samolyotiga ham qiziqmaydi.

"Xo‘sh, A-10 hujumchi samolyoti, agar Rossiya havo mudofaasi uni osongina yo‘q qilsa, bu qanday yordam berishi mumkin? Hozir aviatsiya flotidan har qanday narsani olishga bizning qurbimiz yetmaydi. Bu shunchaki mantiqsiz. Bu shunchaki xalqimizning mehnatiga putur yetkazadi", deydi u.

Ignatning aytishicha, Ukraina harbiylariga ko‘p maqsadli, zamonaviy samolyot kerak.

“Mirage 2000 eskirgan model. Fransiya va Yevropada ancha yaxshi samolyotlar bor, shuning uchun biz bu samolyotlarni ko‘rib chiqmoqdamiz", deya ta’kidlagan havo kuchlari vakili.

Ma’lumot uchun, fransuz matbuotida Kiyev va Parij Mirage 2000 qiruvchilarini Fransiya Harbiy-havo kuchlaridan Ukraina Qurolli kuchlariga o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilayotgani, tomonlar bunday kelishuvni tuzishga allaqachon yaqinlashib qolgani haqida xabarlar tarqalgan.


Maqola muallifi

Teglar

qiruvchi samolyotlar Mirage

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing