Ukrainaga Amerikaning Abrams tanklari yetib keldi

Olam

image

Amerikaning Abrams rusumidagi tanklarining birinchi partiyasi Ukrainaga yetkazildi. Bu haqda Pentagondagi ikki manbasiga tayanib, “The New York Times” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, hujumda foydalaniladigan tanklar muddatidan bir necha oy oldin yetkazilgan. Biroq manba jo‘natilgan tanklar sonini oshkor etmagan. 

Bildirilishicha, Ukraina olgan uskunalar AQSH Prezidenti Jo Bayden va’da qilgan 31 ta tank partiyasining bir qismi bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin oylarda Ukraina ushbu rusumdagi tanklarni yanada ko‘proq oladi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Abrams tanklari Ukrainaga yetkazilganini tasdiqlagan.

“Vazir Umarovdan xushxabar. Abrams allaqachon Ukrainada va brigadalarimizni kuchaytirishga hozirlik ko‘rmoqda”, deb yozgan u Telegram'dagi kanalida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev yangi shartnomalar izlashda va ta’minot geografiyasini kengaytirishda davom etadi.

Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanovning aytishicha, Abrams tanklari "aniq, puxta o‘ylangan operatsiyalar uchun" qo‘llaniladi. Aks holda, bu tanklar behuda yo‘q qilinishi xavfi bor.

Ma’lumot uchun, Ukrainaga yetkazib berilgan tanklar 120 mm kalibrli uran snaryadlari bilan jihozlangan. Ukraina harbiy xizmatchilari avgust oyida ushbu uskunani boshqarish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, Jo Bayden Abrams tanklari Ukrainaga jo‘natilishini yanvar oyida e’lon qilgan va 22 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda ular kelasi hafta yetkazib berilishini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Abrams

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing