Ukrainaga 400 million dollar miqdorida harbiy yordam paketi ajratilishi aytildi

Olam

image

AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan kecha, 4 noyabr kuni Kiyevga borib, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov bilan uchrashib, iqtisodiy va gumanitar yordam davom etishini tasdiqladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi. 

“Prezidentning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Prezident devonining boshlig‘i Andrey Yermak, Mudofaa vaziri Reznikov va boshqa rasmiylar bilan uchrashib, Qo‘shma Shtatlar Ukraina va uning xalqini sodiq qo‘llab-quvvatlayotganini ta’kidladi”, deyiladi bayonotda. 

Matbuot xizmatiga ko‘ra, Sallivan, shuningdek, Ukrainaga iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatishning davom etishini va Rossiyaga bosim o‘tkazish uchun hamkorlar bilan birgalikdagi sa’y-harakatlarni tasdiqlagan. U Kiyev rasmiylari bilan yana 400 million dollarlik harbiy yordam paketini ham muhokama qilgan. 

Shu kuni AQSH Mudofaa vazirligi matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx yangi yordam paketi doirasida Ukraina 90 ta modernizatsiya qilingan Chexiya T-72 tanklari, 1100 ta Phoenix Ghost kamikadze dronlari, 40 ta daryo bo‘yidagi zirhli qayiqlar, shuningdek, 250 ta M1117 zirhli transport vositalari va Hawk havo mudofaa tizimlarini keyingi transhlarga kiritish uchun yangilash uchun mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing