Ukrainaga 300 mln, Yevropaga 4 mlrd. Bayden AQSHning rekord miqdordagi mudofaa byudjetini tasdiqladi
Olam
−
28 dekabr 2021
4625AQSH Prezidenti Jo Bayden 2022 moliya yili uchun Milliy mudofaani avtorizatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun (NDAA) ni imzoladi. Bu mudofaa xarajatlariga 770 milliard dollar ajratish imkonini beradi. Bu haqda Oq uy xabar bergan.
Shu oy boshida AQSH Kongressining Senati va Vakillar palatasi mudofaa qonuni loyihasini ko‘pchilik ovoz bilan ma’qullagan edi. Qonunga ko‘ra, 2022 moliya yilida NDAA harbiy xarajatlarni o‘tgan yilga nisbatan qariyb 5 foizga oshirishni talab qiladi.
U harbiylarning maoshlarini 2,7 foizga oshirish hamda samolyotlar va kemalar xaridini oshirishni, shuningdek geosiyosiy tahdidlarga, ayniqsa, Rossiya va Xitoyga qarshi kurashish strategiyasini o‘z ichiga oladi. NDAA Ukraina xavfsizligini ta’minlash va Ukraina Qurolli Kuchlarini qo‘llab-quvvatlash tashabbusi uchun 300 million dollar, Yevropa mudofaa tashabbusi uchun 4 milliard dollar va Boltiqbo‘yi davlatlarida xavfsizlik sohasidagi hamkorlik uchun 150 million dollarni o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, “Shimoliy oqim-2” gaz quvuriga qarshi sanksiyalar, Rossiya Federatsiyasining suveren qarzi va 35 nafar rossiyalik, jumladan, vazirlar, yirik rossiyalik tadbirkorlar, jamoat arboblari va jurnalistlariga nisbatan cheklovlar joriy etish bo‘yicha tashabbuslar avvalroq ushbu hujjatdan chiqarib tashlangan edi.
Qonun loyihasiga Tinch okeanini cheklash tashabbusi uchun 7,1 milliard dollar va Kongressning Tayvan mudofaasini qo‘llab-quvvatlash haqidagi bayonoti, shuningdek Mudofaa vazirligiga Xitoyning Shinjon mintaqasida majburiy mehnatdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olishni taqiqlash kiradi. NDAA Afg‘onistondagi urushni tahlil qilish uchun 16 kishidan iborat komissiya tuzish tashabbusi bilan chiqmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati bahorda Demokratlar nazoratidagi Kongressdan mudofaa ehtiyojlari uchun 753 milliard dollar so‘radi. Maslahatlashuvlar davomida bu miqdor oshirildi. 2021 yil uchun mudofaa byudjeti taxminan 740 milliard dollarni tashkil etdi.
LiveBarchasi