Ukrainadan signal: Turkiyaning Bayraktar harbiy apparati Donbass uzra uchirildi
Olam
−
10 aprel 2021
12720Ukraina birinchi marta Turkiyaning Bayraktar uchuvchisiz harbiy havo apparatidan Donbass uzra foydalandi. Bu haqda “RIA Novosti” yozmoqda.
Qayd etilishicha, qurollangan uchuvchisiz samolyot Ukrainaning janubiy qismidan Xerson, Zaporoj, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlari orqali uchib o‘tgan. Shundan so‘ng, qaytish yo‘nalishida parvozga ko‘tarilgan nuqtasiga qayta qo‘ngan.
Ma’lumot o‘rnida, bunday qurilmalar joriy yilning mart oyi oxirida Qora dengiz ustida ham qo‘llanilgandi.
Bayraktar uchuvchisiz samolyotlari Turkiyaning “Baykar Makina” kompaniyasi tomonidan 2014 yildan beri ishlab chiqariladi. Ukraina 2019 yilda 69 millon AQSH dollari evaziga Turkiyadan shundan qurilmaning bir komplektini sotib olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ayni vaqtda ishchi safari bilan Turkiyada bo‘lib turibdi.
Avvalroq harbiy-siyosiy ekspert Viktor Muraxovskiy Zelenskiyning Turkiyaga safaridan maqsad – Kiyev uchun “Bayraktar” va “Akinci” uchuvchisiz harbiy havo apparatlarini sotib olishga urinish bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilgandi.
LiveBarchasi