Ukrainadan qochganlar soni keskin oshdi – BMT
Olam
−
17 mart 2022
7535So‘nggi 24 soat ichida ukrainalik qochqinlar soni 100 ming kishiga ko‘paydi. Urush boshlanganidan beri mamlakatni 3,16 million kishi tark etgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lum qildi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, qochganlarning yarmidan ko‘pi Polshadan panoh topgan. Taxminan 500 ming kishi Ruminiyada, yana 350 ming kishi Moldovada, 280 mingdan ortig‘i Vengriyada, 230 ming kishi Slovakiyada, deyarli 170 ming nafari esa Rossiyada.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, joriy hafta boshida Ukrainada 6,7 millionga yaqin odam o‘z uyini tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 mart kuni Yevropa komissiyasi qochqinlarni himoya qilish bo‘yicha maxsus mexanizmni ishga tushirgan. Bu Ukrainani tark etgan fuqarolarga YeIda bir yilgacha qolish, keyin esa bu muddatni uch yilgacha uzaytirish imkonini beradi. Yevropa Ittifoqi qochqinlarni uy-joy, tibbiy yordam, ta’lim va ish bilan ta’minlaydi.
Shuningdek, Buyuk Britaniya hukumati Ukrainadan kelgan qochqinlarni qabul qilgan mahalliy aholi, tashkilotlar va jamoalarga oyiga 350 funt sterling (456 dollar) to‘lashini aytgan.
LiveBarchasi