Ukrainadan evakuatsiya qilingan yana bir guruh o‘zbekistonliklar Toshkentga qaytdi
Jamiyat
−
01 mart 2022
4708Bugun, 1 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:15da Ukrainadan evakuatsiya qilingan 258 nafar O‘zbekiston fuqarosini Polshaning Katovitse shahridan olib kelgan navbatdagi maxsus samolyot Toshkentga qo‘ndi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili ma’lum qildi.
Joriy yilning 1 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari va mutasaddi tashkilotlarining sa’y-harakatlari natijasida Ukrainadan jami 509 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Vatanga qaytarildi.
“Hozirgi vaqtda “Karchova” nazorat-o‘tish punktidagi to‘planish joyida bo‘lib turgan 650 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolarsi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Yurtdoshlarimizni olib kelish yana uchun qator evakuatsion reyslarni tashkillashtirish ko‘zda tutilmoqda”, deyiladi TIV xabarida.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Polshadagi Elchixonasi diplomatlari fuqarolarning masalalarini hal qilish bilan shug‘ullanmoqda va ularning ayeroportda bo‘lib turishlarini muvofiqlashtirmoqda. Elchixonada uzluksiz ishlaydigan tezkor shtab tashkil etilgan.
Avvalroq 251 nafar o‘zbekistonlikni Polshadan olib uchgan samolyot Toshkentga kelgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi