Ukrainadagi o‘zbekistonliklarning ilk guruhini evakuatsiya qilish boshlandi – TIV

Olam

image

Bugun, 26 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da Ukrainadagi O‘zbekiston fuqarolarining dastlabki guruhi Lvov shahridan Polshaga evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi xabariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 20:30da 90 dan ziyod O‘zbekiston fuqarolaridan iborat birinchi evakuatsiya guruhi Lvovdan “Krakovets” nazorat-o‘tkazish punkti yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lga chiqdi”, deyiladi rasmiy axborotda.

Chegarani kesib o‘tish O‘zbekistonning Polshadagi Elchixonasi bilan hamkorlikda muvofiqlashtirilmoqda.

Avvalroq TIV O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi ushbu mamlakatdagi fuqarolarni evakuatsiya qilish uchun harakat qilayotgani xabar berilgandi. Ammo harbiy harakatlar sabab Ukrainaning markaziy va sharqiy viloyatlaridagi vatandoshlarni evakuatsiya qilish imkonsiz bo‘lib turgani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made