Ukrainadagi urushda Yaponiya fuqarosi halok bo‘ldi

Olam

image

Yaponiya hukumati Ukraina Qurolli Kuchlari safiga qo‘shilgan va jangovar harakatlarda qatnashgan Yaponiya fuqarosi halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda bugun, 11 noyabr kuni “Kyodo” agentligi xabar berdi. 

Unga ko‘ra, Yaponiya tashqi ishlar vazirligi 9 noyabr kuni Yaponiya fuqarosi vafot etganini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Shu bilan birga, hozircha tegishli ma’lumotlar rasman oshkor etilmagan. 

Kecha, 10 noyabr kuni ertalab Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Xirokadzu Matsuno jurnalistlarga mamlakat hukumati Ukraina Qurolli kuchlari safiga o‘z ixtiyori bilan qo‘shilgan Yaponiya fuqarosining o‘limi haqidagi ma’lumotni tekshirayotganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u Yaponiya hukumati o‘z fuqarolariga Ukraina hududini zudlik bilan tark etish va u yerga sayohat qilishdan bosh tortish bo‘yicha tavsiyalarni bir necha bor aytganini eslatdi. Bungacha ijtimoiy tarmoqlarning yapon segmentida Ukrainaga borgan kamida bir yapon fuqarosi harbiy harakatlar vaqtida halok bo‘lgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi. 

Joriy yilning 1 noyabr kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu maxsus harbiy operatsiya zonasida oldingi ikki hafta ichida 200 ga yaqin xorijlik yollanma askar yo‘q qilinganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing